Jańalıqlar

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Boyovut tumani “Uchturgon” mahallasida joylashgan 13-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti binosida olib borilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari viloyat Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E.Xaitboyev, tuman Kengashi raisi O.Isanov hamda deputatlar A.Amanlikov va A.Ibadullayevlar tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida qurilish va ta’mirlash ishlari yakunlanganligi, hozirda santexnika ishlari hamda jihozlash jarayonlari olib borilayotgani aniqlandi.

Shuningdek, mazkur maktabgacha ta’lim tashkiloti yaqin kunlarda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilganligi ma’lum qilindi.

Slide 1 of 7