Jańalıqlar

DEPUTAT NAZORATI

Quyitosh mahallasida maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi

 Tuman maktabgacha va maktab ta’lim bo'limida amalga oshirilayotgan islohotlar va belgilangan vazifalar ijrosini o‘rganish maqsadida joylarda monitoring ishlari olib borilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-sentyabrdagi PQ-316-sonli “Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash doirasida Sardoba tuman deputatlari A.Muhammadiyev va G.Absatovalar tomonidan amaliy o‘rganishlar tashkil etildi.

Slide 1 of 3