Jańalıqlar

Boshqaruv servis kompaniya faoliyati o‘rganildi

🔹Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Ashurov hamda kotibiyat mudiri J.Sadirov tomonlaridan tumanda faoliyat olib borayotgan “Titan Maxima” MChJ boshqaruv servis kompaniyasi ish faoliyati o‘rganildi.

🔹O‘rganish jarayonida kompaniya tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar sifati, ko‘p qavatli uy-joylarni saqlash holati, obodonlashtirish ishlari hamda murojaatlar bilan ishlash tizimi tahlil qilindi. Shuningdek, uy-joylar atrofidagi sanitariya holati, infratuzilmaning saqlanishi va ta’mirlash ishlarining o‘z vaqtida amalga oshirilishiga alohida e’tibor qaratildi.

🔹Shuningdek, o‘rganishda ayrim kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Jumladan, aholi murojaatlariga o‘z vaqtida javob qaytarish, hududlarda obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish bo‘yicha tavsiyalar bildirildi.

🔹Mazkur masala yuzasidan deputatlik nazorati o‘rnatilib, belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan qo‘shimcha o‘rganishlar olib borilishi qayd etildi.

Slide 1 of 9