Xalq deputatlari Tuproqqal'a tuman Kengashi deputati Akmal Jimalyazov aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida 2026-yilda amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar taqdimoti bilan tanishdi.
* Tumanda 1 548 ta oila ijtimoiy reyestrga kiritilgan.
* “Saxovat va ko‘mak” hisobidan 121,2 million so‘m moddiy yordam ko‘rsatildi.
* 118 nafar shaxsga “Faol hayotga qadam” dasturi asosida xizmat ko‘rsatilmoqda.
* “Teng imkon — inklyuziv” dasturi orqali bandlik ta'minlanadi va adaptiv sport ommalashtiriladi.
* Kichik hajmli bolalar uyi, “Krizis markazi” hamda Yakkachikir mahallasida yangi ijtimoiy xizmat markazi tashkil etiladi.
* Foizsiz kreditlar ajratiladi hamda quyosh panellari o‘rnatiladi.
* Nogironlikni yangi standartlar asosida belgilash hamda ijtimoiy sug‘urta qamrovini kengaytirish chora-tadbirlari amalga oshiriladi.
Taqdimot yakunida aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish bo‘yicha mas’ullar o'z fikrini bildirishdi.