Jańalıqlar

DEPUTAT SO‘ROVI CHIQARILDI

Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputatlari tomonidan aholi murojaatlarini tinglash va joylardagi ijtimoiy muammolarni bartaraf etish borasidagi ishlar qat’iy davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputatlari tomonidan aholi murojaatlarini tinglash va joylardagi ijtimoiy muammolarni bartaraf etish borasidagi ishlar qat’iy davom ettirilmoqda. 

Navbatdagi sayyor qabul davomida “Shodlik” mahallasi hududida olib borilgan o‘rganishlar davomida mahallaning “Oybek” ko‘chasi 23-uy oldidagi eski simyog‘ochlar juda yaroqsiz holga kelib qolganligi va aholining hayotiga xavf tug‘diruvchi bu holatdan aholi norozi kayfiyatda ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur simyog‘ochlarlarni yangisiga almashtirish ishlari bo‘yicha Urganch shahar elektr ta’minoti” korxonasi boshlig‘i ga 78-ds-449-26-sonli deputat so‘rovi chiqarildi.