Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati N. Baymuratova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Matyaqubova tomonidan Ayronko‘l mahallasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mahalla "yettiligi" faoliyati tahlil qilinib, o‘zaro hamkorlikning samaradorligi, aholi murojaatlari bilan ishlash hamda hududdagi ijtimoiy masalalarni hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama etildi.
Shuningdek, mahalla yoshlar yetakchisi Zohidjon Ozodovning yoshlar bandligini ta’minlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va davlat dasturlari ijrosi yuzasidan amalga oshirayotgan faoliyati bo‘yicha axboroti tinglandi.
O‘rganish yakunida mavjud holat yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirilib, yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish hamda mahalla "yettiligi" faoliyatini kuchaytirish bo‘yicha deputatlik nazorati doirasida tegishli vazifalar belgilandi.
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputatlari U. Allaberganov va O. Karimov, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Matyaqubova hamda siyosiy partiyalar rahbarlari ishtirokida Qorovul mahallasi profilaktika inspektori San’atbek Mavlonovning xizmat faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mahallada huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini ta’minlash, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, profilaktik tadbirlarning samaradorligi hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlik holatiga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur o‘rganish deputatlik nazoratining amaliy ifodasi bo‘lib, davlat organlari faoliyatining ochiqligi, hisobdorligi va samaradorligini yanada oshirish, shuningdek, aholi manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan vazifalar ijrosi yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar ishlab chiqildi.
Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi raisi O. Rajabov hamda Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi raisi M. Tangriberganov Ilg‘aldi mahallasida yo‘l infratuzilmasi holatini o‘rgandilar.
O‘rganish jarayonida mahalla hududidagi ichki yo‘llarning bugungi holati, ularni ta'mirlash va obodonlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda istiqboldagi ustuvor vazifalar yuzasidan mas'ullar bilan atroflicha fikr almashildi.
Shuningdek, aholi uchun qulay va xavfsiz infratuzilmani yaratish, hududlarda yo‘l-transport tizimini yanada takomillashtirish hamda fuqarolarning murojaatlarida ko‘tarilayotgan masalalarni o‘z vaqtida hal etish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biri ekani alohida ta'kidlandi.
🤝 Hududlarni kompleks rivojlantirish va aholi turmush farovonligini yuksaltirish yo‘lidagi ishlar izchil davom ettiriladi.
Hurmatli yoshlar! Azizu muhtaram o‘g‘il-qizlarimiz!
Sizlarni 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Xalq deputatlari tuman Kengashi nomidan chin qalbdan muborakbod etamiz!
Yurtimizning ertangi kuni, Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi avvalo sizlarning bilim, salohiyat, tashabbuskorlik va ezgu intilishlaringiz bilan chambarchas bog‘liq.
Sizlarning yuksak marralarni ko‘zlab, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallashingiz, Vatanga sadoqat va fidoyilik bilan xizmat qilishingiz mamlakatimiz ravnaqining mustahkam poydevoridir.
Bugungi kunda davlatimiz tomonidan yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlardan samarali foydalanib, ilm-fan, ta'lim, sport, tadbirkorlik va innovatsiyalar sohalarida erishayotgan yutuqlaringiz barchamizga cheksiz faxr va g‘urur bag‘ishlaydi.
Sizlarga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat, bitmas-tuganmas kuch-g‘ayrat, ezgu orzu va maqsadlaringiz yo‘lida ulkan zafarlar tilaymiz. Yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi va Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lida doimo faol, shijoatli va tashabbuskor bo‘lib qolishingizga tilakdoshmiz.
Yoshlar kuni muborak bo‘lsin!
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Niyozjon Bobojonova o‘z saylov okrugidagi Xayrobod mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Nargiza Abdusharipovnaning murojaati yuzasidan tuman Davlat xizmatlari markazida bo‘ldi.
Deputat murojaat mazmuni hamda uni qonuniy asosda hal etish mexanizmlari yuzasidan Davlat xizmatlari markazi mutaxassisi Shohruh Abdurasulov bilan atroflicha fikr almashdi.
Muloqot davomida murojaatni qisqa muddatda ijobiy hal etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Fuqaroga amaldagi qonunchilik talablari asosida huquqiy maslahatlar berilib, masalani hal etish uchun zarur hujjatlarni taqdim etish lozimligi tushuntirildi.
✅ Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, ularning muammolariga qonuniy va adolatli yechim topish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirish xalq manfaatlariga xizmat qiluvchi ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi raisi M. Tangriberganov tumandagi siyosiy partiyalar rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda deputatlik faoliyati samaradorligini yanada oshirish, saylovchilar bilan muloqotni kuchaytirish, amalga oshirilgan ishlar tahlili hamda oldinda turgan ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, fuqarolarning murojaatlariga o‘z vaqtida yechim topish va deputatlar hamda siyosiy partiyalar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
🤝 Hamjihatlik va samarali hamkorlik tuman taraqqiyoti hamda aholi manfaatlarini ta'minlashning muhim omili ekanligi ta'kidlandi.
Xalq deputatlari Qoʻshkoʻpir tumani Kengashi deputati Mehribon Tillaeva oʻz deputatlik faoliyati doirasida tuman Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida boʻlib, saylov okrugiga kiruvchi Oʻrtayop va Adolat mahallalaridan kelib tushgan fuqarolar murojaatlari bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, deputat mahallalardagi umumtaʼlim maktablarida yakka tartibda taʼlim olayotgan oʻquvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, taʼlim sifati hamda ushbu yoʻnalishda yuritilayotgan ishlar yuzasidan taqdim etilgan maʼlumotlarni batafsil oʻrgandi.
Oʻrganishlar davomida aniqlangan masalalar va zarur maʼlumotlar deputat tomonidan ishchi daftariga qayd etildi. Yakunda tuman Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi bilan fuqarolar murojaatlarini amaldagi qonunchilik asosida hamkorlikda, tezkor va samarali hal etish yuzasidan kelishuvga erishildi. Mazkur faoliyat deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda aholi manfaatlarini ishonchli himoya qilishga xizmat qiladi.
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati O. Karimov hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi A. Erkinov tomonidan
Qorovul mahallasi hududida joylashgan 35-sonli umumta’lim maktabining sport zallari hamda ulardagi sport anjomlari bilan ta’minlanganlik holati o‘rganildi. O‘rganish jarayonida mavjud shart-sharoitlar tahlil qilinib, o‘quvchi-yoshlarning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun yaratilgan imkoniyatlar baholandi.
Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga amaliy taklif va tavsiyalar berildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-49-son qarori ijrosini taʼminlash doirasida Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi raisi O. Radjobov, Qoʻshkoʻpir tumani Kengashi raisi M. Tangriberganov hamda Doʻstlik fuqarolar yigʻini raisi, "Qoʻshkoʻpir taʼmir qurilishi" XK bosh muhandisi ishtirokida tumandagi ogʻir toifaga kiritilgan Doʻstlik mahallasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari joyiga chiqib oʻrganildi.
Oʻrganish jarayonida hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholining turmush farovonligini oshirish hamda mahallani kompleks rivojlantirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Mutasaddilarga belgilangan vazifalarni sifatli va oʻz muddatida bajarish, har bir loyihaning samaradorligini taʼminlash yuzasidan tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati O. Karimov hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi, deputat A. Erkinov tomonidan Vahimchi mahallasi ichki yo‘llari infratuzilmasining holati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mavjud muammolar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Mazkur masala bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish belgilandi.