📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Umid Ruziyev «Shohsanam» mahallasi hududida bo‘lib, ichki infratuzilma holatini joyida ko‘zdan kechirdi.
❗️Jumladan, hududdagi trotuarlar, ariq-lotoklar va avtobus bekatining holati, ulardan aholi, xususan, piyodalarning foydalanishi uchun yaratilgan sharoitlar ko‘rib chiqildi.
❗️Tashrif davomida mavjud holatlar va aholi uchun qulaylik yaratish bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi. Aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish va ijrosini nazoratga olish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
✅ Deputatlik nazorati doirasida hududlarni joyida ko‘zdan kechirish, aholi uchun muhim bo‘lgan masalalarni aniqlash va ularning yechimiga ko‘maklashish ishlari davom ettirilmoqda.