Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Yoshlar bilan ochiq muloqot

📌 O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Yashnobod tumani Kengashi raisi, tuman Kengashi deputati Ozodaxon Buzurukxodjayeva «Donishmand» mahallasida yoshlar bilan uchrashdi.

❗️Uchrashuv davomida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning taklif va tashabbuslarini tinglash, bandligini ta'minlash, munosib ish o'rinlariga yo'naltirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.

✅Shuningdek, yoshlarga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining maqsad va vazifalari, partiyaning jamiyat hayotidagi ishtiroki hamda yoshlar bilan ishlash yo‘nalishlari haqida ma’lumot berildi.

🤝Uchrashuv samimiy muloqot va fikr almashish ruhida o‘tib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslarni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 1