35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

PAXTAKOR TUMANIDA AHOLI DAM OLISHI UCHUN YARATILAYOTGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Jamila Bobonazarova, Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi kotibiyati mudiri Nodira Karimova, tuman Kengashi deputatlari K.Mamanova, A.Isaqulov, tuman hokimi o'rinbosarlari hamda yoshlar maslahat guruhi a’zolari ishtirokida tumandagi dam olish maskanlari va turizm infratuzilmasini rivojlantirish borasidagi ishlar o‘rganildi.

Jumladan, «Samarqand» mahallasida «Janubiy Mirzacho‘l» kanali bo‘yida 3,125 milliard so‘m mablag‘ hisobidan tashkil etilgan aholi dam olish maskani faoliyati bilan tanishildi.

Tashrif davomida hududning turizm salohiyatidan samarali foydalanish va aholi uchun qulay dam olish sharoitlarini yanada kengaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 6