#Ko'chama-ko'cha_jurnali
📌 DAROMADNI OSHIRISHGA QARATILGAN MANZILLI YONDASHUV
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 18-Cho‘yinchi–Qishloqbozor saylov okrugi deputati B.Toshpo‘latov hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Xo‘janazarov “Cho‘yinchi” mahallasida xonadonlarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini xonadonbay o‘rganish ishlarini olib bordi.
🔹 O‘rganishlarda, avvalo, kambag‘allikdan chiqarish imkoniyatlari, aholining mavjud ko‘nikma va salohiyatidan kelib chiqib barqaror daromad manbalarini shakllantirish, shuningdek, ish bilan ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.
🔹 Xonadonlar kesimida aniqlangan ehtiyojlardan kelib chiqib, fuqarolarni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
📊 Asosiy maqsad — har bir xonadonning imkoniyatini aniqlash va uni doimiy daromadga aylantirish uchun amaliy yo‘nalishlarni belgilash.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube