35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

PAXTAKOR TUMANIDA “SHUKRONALIK” TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

14-son musiqa va san’at maktabida Do‘stlik, G‘alaba, Dilorom va Oltinko‘l mahallalari aholisi ishtirokida yurtimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan navbatdagi “Shukronalik” tadbiri o‘tkazildi.

Shuningdek, viloyatdan tashrif buyurgan 4 ta ishchi guruh tomonidan mahallalarda aholi bilan uchrashuvlar tashkil etilib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, aholining murojaatlari va kelgusidagi vazifalar yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvlarda mazkur mahallalardan tuman Kengashiga saylangan deputatlar ham ishtirok etib, so‘nggi yillarda hududlarda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, islohotlar va erishilgan yutuqlar haqida so‘z yuritdilar.

Bugungi tinch va farovon hayotimizning qadriga yetish va erishilgan yutuqlarni yanada ko‘paytirish, yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish har bir fuqaroning muhim vazifasi ekani ta’kidlandi.

Slide 1 of 8