35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Tashkilot_bilan_hamkorlik
🌿 EKOPOLITSIYA FAOLIYATI O‘RGANILDI


📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi Kotibiyati mudiri O.Tursunov hamda “Madad” muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti bosh mutaxassisi S. Ochilov Ekopolitsiyaning Sherobod tuman bo‘limida bo‘lib, faoliyat jarayoni bilan tanishdi.

🔎 O‘rganish davomida hududda ekologik tozalikni ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, chiqindilarni boshqarish va ekologik qonunchilik talablariga rioya etilishi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr almashildi.

🤝 Shuningdek, ekologik muammolarni aniqlash va ularning oldini olish, aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni oshirish hamda bu boradagi ishlarni yanada samarali tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 4