35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berilmoqda
янв.21
Aholi muammolari va takliflari tinglandi
янв.21
Aholi xonadonlarida uchrashuvlar o‘tkazildi
янв.21
Oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
Aholi xonadonlarida uchrashuvlar o‘tkazildi
янв.21
Mahallada amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi
янв.21
Mahalliy budjet va tashabbusli budjet masalalari muhokama qilindi
янв.21
Aholi bandligi va daromadlarini oshirish masalalari o‘rganildi
янв.21
Ehtiyojmand oilalar holidan xabar olindi
янв.21
Aholi murojaatlari va takliflari tinglandi Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi deputati F. G‘oziyeva Tavois mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
13-sonli DMTT faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi raisi L.Behbudova hamda Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi kotibiyati mudiri I.Xolov hamkorligida Samonchuq mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 13-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayoni, guruh xonalarining holati, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi hamda muassasaning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, muassasada bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning qobiliyat va qiziqishlarini rivojlantirish, sifatli maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish jarayonida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Muassasada ta’lim-tarbiya sifatini yanada oshirish, bolalar uchun qulay va xavfsiz muhitni ta’minlash borasidagi ishlar deputatlar nazoratida bo‘lishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 6