Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi raisi X. Sultonov, tuman hokimligi bosh yuriskonsulti H. Polvanov hamda bosh mutaxassis M. Saparbayev bilan hamkorlikda qonunlar ijrosini tashkilotlar kesimida o‘rganish jarayonida ko‘tarilishi mumkin bo‘lgan masalalarni muhokama qilib oldilar.
Mazkur hamkorlik qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralarni belgilashga qaratilgan.