Fuqarolar murojaati o`rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N.Mavlonova Hazratibob va Tinchlik mahallalarida «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi qonuni (O‘RQ–445, 2017-yil 11-sentabr) hamda Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi.
Deputat fuqarolarning murojaatlari tinglanib, murojaat daftariga qayd qilgan holda ularni qiynayotgan masalalar bo`yicha tegishli tushuntirishlar berildi.
Jumladan, Hazratibob va Tinchlik mahallalarida ichki koʻchalarini asfaltlash yuzasidan qilingan murojjatni deputat N.Mavlonova inobatga olib, deputatlik so’rovi yuborishligi hamda ushbu masala tez orada ma’sullar orqali ijobiy hal bo’lishi ta’kidlandi.