35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berilmoqda
янв.21
Aholi muammolari va takliflari tinglandi
янв.21
Aholi xonadonlarida uchrashuvlar o‘tkazildi
янв.21
Oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
Aholi xonadonlarida uchrashuvlar o‘tkazildi
янв.21
Mahallada amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi
янв.21
Mahalliy budjet va tashabbusli budjet masalalari muhokama qilindi
янв.21
Aholi bandligi va daromadlarini oshirish masalalari o‘rganildi
янв.21
Ehtiyojmand oilalar holidan xabar olindi
янв.21
Aholi murojaatlari va takliflari tinglandi Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi deputati F. G‘oziyeva Tavois mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
MUSTAQILLIK — MILLIY G‘URURIMIZ, ERKIN VA FAROVON HAYOTIMIZ POYDEVORI!

 MUSTAQILLIK — MILLIY G‘URURIMIZ, ERKIN VA FAROVON HAYOTIMIZ POYDEVORI!

📌 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida yurtimizda “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan ezgu g‘oya alohida mazmun va ahamiyat kasb etmoqda.

💦 Mustaqillik — xalqimizning asriy orzu-intilishlari, qat’iy irodasi va bunyodkorlik salohiyatining yorqin ifodasidir. Eng ulug‘ ne’mat bo‘lgan tinchlik va osoyishtalik, milliy qadriyatlarimizning tiklanishi, Vatanimizning jahon hamjamiyatidagi munosib o‘rni, fuqarolarimizning huquq va erkinliklari hamda farovon hayot sari intilishlarimiz mustaqillik bilan chambarchas bog‘liq.

💎 Bugungi kunda mamlakatimizda inson qadri, uning huquq va manfaatlarini ta’minlash, aholi turmush farovonligini oshirish, ta’lim va tibbiyot tizimini rivojlantirish, yoshlar uchun keng imkoniyatlar yaratish, mahallalarni obod qilish hamda hududlar infratuzilmasini takomillashtirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

✨ Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosiy mezoni — inson qadri va xalq farovonligidir. Shu bois har bir hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, yangi loyihalar va ijtimoiy tashabbuslar, avvalo, insonlarning munosib hayot kechirishi uchun qulay shart-sharoit yaratishga qaratilmoqda.

⚡️Bugun bizdan mustaqillikning qadriga yetish, Vatanimiz ravnaqi uchun mas’uliyat bilan mehnat qilish, jamiyatimizda o‘zaro hurmat, hamjihatlik va birdamlik muhitini yanada mustahkamlash talab etiladi.

☀️ Yangi O‘zbekiston — yagona Vatan, yagona xalq va yagona ezgu maqsad sari!

👨‍👩‍👦‍👦 Har birimiz o‘z faoliyatimiz, bilimimiz, mehnatimiz va ezgu tashabbuslarimiz bilan yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishimiz lozim. Zero, Vatan ravnaqi va xalq farovonligi yo‘lida amalga oshirilayotgan har bir ezgu ish kelajak avlodlar uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

🇺🇿 Mustaqilligimiz abadiy va boqiy bo‘lsin!
Yurtimiz tinch, xalqimiz omon, xonadonlarimiz fayzu barakaga to‘la bo‘lsin. Osmonimiz hamisha musaffo, xalqimiz birdam va hamjihat, Vatanimiz obod va farovon bo‘lsin!


✍️ Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati
To‘rabek Nazarov

👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slide 1 of 1