35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
33-maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh. Ochilov hamda Nuroniylar jamg‘armasi tuman bo‘limi boshlig‘i T. Qodirov bilan birgalikda Tojikon mahallasida nuroniy otaxon va onaxonlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Yoshlar bilan kiberxavfsizlik bo‘yicha suhbat o‘tkazildi
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganilib, muammolar hal etildi
янв.21
Oqrаbot mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Yangi Hayot mahallasida aholi bandligi o‘rganildi
янв.21
O‘rtaqo‘rg‘on mahallasida o‘rganish olib borildi
янв.21
Oila — muqaddas va bebaho maskan
янв.21
Muammolar o‘rganilib, yechimlar belgilandi
Kengash_faoliyati

#Deputatlik_faoliyati
#Kotibiyat_bosh_mutaxassis
#24_ta_masala
#Okrugda_o‘rganish

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Qaldirg‘och" mahallasida Hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi

Bandixon tumanida mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish hamda Hokim yordamchilarining mas’uliyatini oshirish borasida tuman Kengashi tomonidan nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 16-Qaldirg‘och saylov okrugidan saylangan deputat D.Qudratov biriktirilgan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi B.Qurbonov "Qaldirg‘och" MFYda bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-116-sonli Farmoniga muvofiq Hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilgan ishlarni o‘rgandi.

Monitoring davomida 14 ta asosiy yo‘nalish, xususan, xonadonbay o‘rganishlar natijasi, aholi bandligi, kredit va subsidiyalardan samarali foydalanish, mikroloyihalarni amalga oshirish hamda kambag‘al oilalar bilan manzilli ishlash ko‘rsatkichlari amaliy natijadorlik nuqtai nazaridan baholandi. O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan xulosalar shakllantirilib, tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga olib chiqilishi belgilandi.

Slide 1 of 1