Qo‘ytоsh mahallasida yo‘l qurilishi ishlari o‘rganildi
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi kotibiyati mudiri B. Qorajonov hamda tuman Kengashi deputati A. Ismailov Qo‘yтоsh mahallasida turizmni rivojlantirish loyihalari doirasida asfalt yotqizish ishlari oldidan amalga oshirilayotgan dastlabki tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi.
O‘rganish davomida yo‘lning asfalt yotqizishga tayyorgarlik holati, bajarilayotgan ishlar sifati hamda qurilish jarayonining belgilangan talablar asosida tashkil etilishi ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, mazkur yo‘lning hudud infratuzilmasini yaxshilash va turizmni rivojlantirishdagi ahamiyati qayd etildi.