35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Djamolova Lola Djalilovnaning deputatlik so‘roviga Gaz ta’minoti Payariq filiali boshlig‘i A.Uralovdan javob olindi.

#Deputat_sorovi_javobi

Djamolova Lola Djalilovnaning deputatlik so‘roviga Gaz ta’minoti Payariq filiali boshlig‘i A.Uralovdan javob olindi.

Deputat so‘roviga asosan Kattasaydov mahallasida yashovchi fuqaroning yangi maishiy gaz balloni bilan ta’minlash masalasidagi murojaati “Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali “Payariqtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi mutaxassislari tomonidan o‘rganildi.

O‘rganish davomida fuqaroning yashash manzili o‘zgargani va yangi xonadonga ko‘chib o‘tgani ma’lum bo‘ldi.

Amaldagi tartibga ko‘ra, 2026-yil 1-iyundan boshlab yangi maishiy gaz ballonlari bilan ta’minlash xizmati Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali amalga oshirilishi belgilangan.

Shu munosabat bilan fuqaroga yangi maishiy gaz balloni bilan ta’minlanish uchun tumani Davlat xizmatlari markaziga yoki my.gov.uz portali orqali murojaat qilish lozimligi tushuntirildi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|

Slide 1 of 1