35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILMOQDA

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi raisi R. Ziyayev hamda shahar Kengashi deputati A. Appaqov tomonidan umumta’lim maktablarida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari o‘rganilmoqda.

Xususan, 11-Guliston saylov okrugidagi 7-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati bilan tanishildi.

O‘rganish davomida sinfxonalar, maktab hududi, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi. O‘quvchilar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar ham tahlil qilindi.

Maktab hududini tartibga keltirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda yangi o‘quv yilini munosib kutib olish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik — o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratishning muhim omilidir.

Slide 1 of 2