35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati G.Rizayeva mahalla profilaktika inspektori U.Yusupov bilan hamkorlikda hududda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, shuningdek, jamoat joylarida jamoat tartibini saqlashni yanada kuchaytirish masalalari yuzasidan fuqarolar bilan suhbat o‘tkazdi.

Suhbat davomida fuqarolarga huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, hushyorlikni oshirish, jamoat joylarida belgilangan tartib-qoidalarga rioya etish hamda mahallada tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashda fuqarolarning mas’uliyati haqida tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, hududda sodir etilishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, shubhali holatlarga befarq bo‘lmaslik hamda bu borada mahalla faollari va profilaktika inspektori bilan hamkorlikni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3