35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

# sessiya

      Xalq deputatlari Bo‘ka tumani Kengashining navbatdan tashqari 39-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.  

Sessiyada Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi maqsad va vazifalarning ijrosi yuzasidan tahliliy ma’ruza qildi. 

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi.  

Bo‘ka tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Sardor Isakulov avvalroq boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan mazkur lavozimdan ozod etilgan edi. 

Zoyir Mirzayev Bo‘ka tumani hokimi lavozimiga ayni paytda "Agrobank" ATB Toshkent viloyat boshqarmasi boshlig‘i
vazifasida ishlab kelgan Abdazimov Murod Ilhomovich nomzodini tavsiya qildi.
 

Xalq deputatlari Bo‘ka tumani Kengashi M.Abdazimovni tuman hokimi etib tasdiqladi.  

Slide 1 of 6