35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Kotib

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, O‘zLiDep a’zosi Oydin Daniyarxodjayeva saylov okrugidagi “Geofizika” mahallasida bo‘lib, “Obodlik va mehr-saxovat” oyligi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarda faol ishtirok etdi.

Xususan, mahallaning hududi va ichki ko‘chalari ko‘zdan kechirilib, hudud infratuzilmasini yaxshilash, sanitar holatni talab darajasiga keltirish hamda aholi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirildi.

Obod mahalla — farovon hayot garovi!

Barchani yashab turgan hududimiz tozaligi va obodligiga befarq bo‘lmaslikka chaqiramiz.

Bo‘lib o‘tgan o‘rganishda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Jamoliddin Kuchkarov ham ishtirok etdi.

Slide 1 of 3