Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan biriktirilgan tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash va ularning faoliyatini o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.
🔎 Shu doirada doimiy komissiya a’zosi, tuman Kengashi deputati A. Abdumurodov tuman gaz ta’minoti tashkilotida bo‘lib, uning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
📋 O‘rganish davomida aholini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta’minlash, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish, mavjud muammolarni o‘rganish hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari yuzasidan ma’lumotlar olindi.
🤝 Shuningdek, tashkilot faoliyatida qonuniylik, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.
📌 Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, ularning ijrosini nazorat qilish va hamkorlikni davom ettirish belgilandi.