Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati O.Aliqulov tomonidan tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masala yuzasidan Shodlik mahallasi xotin-qizlar faolining faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida 2025-yilning shu davrida mahallada ajrimlar soni 4 tani tashkil etgani, bugungi kunda esa ushbu ko‘rsatkich 5 taga yetgani aniqlandi. Natijada ajrimlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1 taga oshgan.
Mazkur holat yuzasidan ajrimlarning oldini olish, oilaviy nizolarni barvaqt aniqlash va oilalar mustahkamligini ta’minlash bo‘yicha xotin-qizlar faoliga tegishli tavsiya va maslahatlar berildi. Shuningdek, muammoli oilalar bilan manzilli ishlash hamda ularni yarashtirish choralarini kuchaytirish tavsiya etildi.