FUQAROLAR MUAMMOLARI JOYIDA O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 12-Soliobod saylov okrugi deputati Z. Achildiyev tomonidan saylangan hududidagi Soliobod MFYda fuqarolar bilan bevosita muloqot o‘tkazildi.
Deputat mahalla hududida ko‘chama-ko‘cha, uyma-uy yurib, aholi bilan suhbatlashdi hamda fuqarolarning murojaatlari, takliflari va mavjud muammolarini tingladi.
Muloqot davomida bildirilgan muammolar joyiga chiqqan holda o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish masalalariga e’tibor qaratildi.
Mazkur o‘rganish ishlari Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi mutaxassisi K. Abdullayeva tomonidan joyiga chiqib amalga oshirildi.
Aholi bilan bevosita muloqot qilish, muammolarni joyida aniqlash va ularning yechimini nazoratga olish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.