35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Fuqaroga bepul yuridik maslahat berildi
янв.21
Oila yarashtirildi, muammolar ijobiy hal etildi
янв.21
G‘oyibon mahallasidagi muammolar muhokama qilindi
янв.21
Mahallalarda obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M. Karimova G‘oyibon mahallasida bo‘lib, hududdagi obodonlashtirish va tozalik ishlari holati bilan tanishdi.
янв.21
Aholi murojaatlari tinglandi.
янв.21
Malikobod mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 1-Malikobod saylov okrugidan saylangan deputati G‘. Safarov xizmat safarida ekanligi sababli, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D. Qanoatov tomonidan Malikobod mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Aholi xonadonlaridagi muammolar o‘rganildi
янв.21
Ayollar murojaatlari tinglandi
Hududdagi muammolar joyida o‘rganildi

Hududdagi muammolar joyida o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 18-Do‘stlik saylov okrugi deputati A. Abdullayev topshirig‘iga asosan tuman Kengashi mutaxassisi T. Murodov hamda Istiqlol MFY raisi ishtirokida mahalla hududida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahallaning ichki ko‘chalari ko‘zdan kechirilib, mavjud infratuzilma bilan bog‘liq muammolar tahlil qilindi. Xususan, ichki yo‘llarning ta’mirtalab holatga kelgani va ularni asfaltlashtirish zarurligi mahalla aholisi tomonidan bildirilgan asosiy murojaatlardan biri ekani qayd etildi.

Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlarga deputatlik nazorati doirasida murojaatlar kiritish hamda ularning ijrosini nazoratga olish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

Hududdagi mavjud muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish va fuqarolar murojaatlarining ijobiy hal etilishi deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani ta’kidlandi.

Slide 1 of 2