Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputatlari fuqarolarning erkin xohish-irodasi asosida, umumiy, teng va to‘g‘ridan to‘g‘ri saylov huquqi orqali yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadi.
✍️Saylov jarayoni bir necha muhim bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
saylov okruglarini tashkil etish;
🔹deputatlikka nomzodlarni ko‘rsatish;
🔹saylovoldi tashviqoti;
🔹ovoz berish jarayoni;
🔹ovozlarni sanash va saylov natijalarini e’lon qilish.
👥Mahalliy Kengash deputati etib qonunchilikda belgilangan talablarga javob beradigan, fuqarolarning ishonchiga sazovor bo‘lgan nomzod saylanadi.
🤝Deputatlar hudud manfaatlarini ifoda etish, fuqarolar murojaatlarini hal etish, Kengash faoliyatida faol ishtirok etish hamda mahalliy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilishda muhim o‘rin tutadi.
✅Ochiq va adolatli saylov — kuchli mahalliy vakillik hokimiyatining muhim poydevoridir.
Bizni kuzatishda davom eting!