35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🏗 HASHAR — OBODLIK VA BIRDAMLIK IFODASI!

🌿 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 9-G‘urin — Hakimobod saylov okrugi deputati Shoymonov Yo‘ldosh Rustamovich tashabbusi bilan tumanning Hakimobod mahallasi kirish qismida hashar yo‘li bilan arka qurilishi ishlari boshlanganligi haqida avval xabar bergan edik.
✨ Bugun esa ushbu xayrli tashabbus doirasida olib borilayotgan ishlar salkam yakuniga yetdi!
🤝 Mahalla ahli, faollar va tashabbuskorlarning hamjihatligi natijasida hudud qiyofasiga ko‘rk bag‘ishlaydigan, mahallaga kirib keluvchilarni xush kayfiyat bilan kutib oladigan chiroyli arka qad rostlamoqda.
🏡 Bu kabi ezgu ishlar nafaqat mahallamizni yanada obod qiladi, balki aholi o‘rtasida hamjihatlik, mehr-oqibat va jamoaviylik ruhini yanada mustahkamlaydi.
👏 Hasharda faol ishtirok etayotgan barcha yurtdoshlarimizga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz!
🌱 Obod mahalla — farovon hayot garovi!

Slide 1 of 4