Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati N. Dusmurodov tomonidan “100 mahalla — yagona muammolar xaritasi, yagona rivojlanish yo‘li” loyihasi doirasida Parchaqara mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida mahallaning mavjud infratuzilma holati, aholining kundalik ehtiyojlari hamda hududni rivojlantirish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan ma’lumotlar to‘plandi.
Jumladan, mahalla yettiligi va nuroniylar bilan uchrashuv o‘tkazilib, mahalladagi mavjud muammolar, infratuzilma obyektlarining holati hamda aholining taklif va mulohazalari tinglandi.
📌 O‘rganish davomida aniqlangan ma’lumotlar “100 mahalla — yagona muammolar xaritasi, yagona rivojlanish yo‘li” loyihasi doirasida tizimlashtirilib, mahallani rivojlantirish bo‘yicha kelgusidagi ishlarni rejalashtirishda foydalaniladi.