35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Mahalla faoliyati o‘rganilmoqda
янв.21
MAHALLA FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Yoshlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahalla faoliyati o‘rganildi
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot
янв.21
Maktab kutubxonalari holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi
янв.21
Deputat hududdagi obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi
янв.21
Yoshlar kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi raisi U. Bobojonov, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i L. Oblаqulov hamda tuman tashkilotlari rahbarlari Qiziltepa tumanida joylashgan 5-son jazoni ijro etish muassasasiga bo'lishdi.
янв.21
Mahalladagi soliq inspektori faoliyati o‘rganildi
BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADLARI DOIRASIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGIGA BAG‘ISHLANGAN SEMINAR O‘TKAZILDI

#poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADLARI DOIRASIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGIGA BAG‘ISHLANGAN SEMINAR O‘TKAZILDI

🏛 Oliy Majlis Senatining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi tomonidan Barqaror rivojlanish maqsadlari oyligi doirasida “Oziq-ovqat xavfsizligi va barqaror agrar taraqqiyot: ustuvor vazifalar va istiqbollar” mavzusida seminar o‘tkazildi.
Seminarda senatorlar, mahalliy Kengashlar deputatlari, soha mutaxassislari hamda jamoatchilik vakillari qatorida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sevara Fayziyeva hamda tuman Kengashlari deputatlari ham faol ishtirok etdi.

🌱 Tadbir davomida mamlakatimizda Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash, aholini sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash, qishloq xo‘jaligining raqobatbardoshligini oshirish hamda yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

💧 Shuningdek, global iqlim o‘zgarishi, suv resurslari tanqisligi, yerlarning degradatsiyasi va oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabning ortib borishi sharoitida agrar sohani zamonaviy yondashuvlar asosida rivojlantirish zarurligiga alohida e’tibor qaratildi.

🔺 Muhokamalarda oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligini ta’minlash, ularni saqlash, qayta ishlash va tashish tizimini takomillashtirish, suv tanqisligi hamda iqlim o‘zgarishi ta’siriga moslashish bo‘yicha amaliy choralarni kuchaytirish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.

🤝 Seminar davomida Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlament va mahalliy Kengashlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, belgilangan vazifalarning hududlardagi ijrosini muntazam tahlil qilib borish hamda mavjud muammolarni o‘rganishga deputatlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari, fermerlar va jamoatchilik vakillarini keng jalb etish muhimligi qayd etildi.

✅ Tadbir yakunida qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash infratuzilmasini rivojlantirish, shuningdek, mahsulotlar xavfsizligi va sifat nazoratini yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar ilgari surildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10