35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Yoshlarni kasbga yo‘naltirish — kelajak sari muhim qadam
янв.21
Mahalla faoliyati o‘rganilmoqda
янв.21
MAHALLA FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Yoshlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahalla faoliyati o‘rganildi
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot
янв.21
Maktab kutubxonalari holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi
янв.21
Deputat hududdagi obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi
янв.21
Yoshlar kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi raisi U. Bobojonov, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i L. Oblаqulov hamda tuman tashkilotlari rahbarlari Qiziltepa tumanida joylashgan 5-son jazoni ijro etish muassasasiga bo'lishdi.
IQTISODIYOT VA MOLIYA BO‘LIMI FAOLIYATI HAMDA BUDJET KODEKSI IJROSI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 10-“Boyqozon” saylov okrugidan saylangan deputat, Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zosi Ermatov Alibek Xojimurotovich tomonidan deputatlik nazorati doirasida o‘ziga biriktirilgan tashkilot — tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limining faoliyati hamda budjet qonunchiligi ijrosining holati o‘rganildi.O‘rganish davomida tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari A. To‘layev bilan suhbat o‘tkazilib, bo‘lim tomonidan mahalliy budjetni shakllantirish, uning daromad va xarajatlar qismini rejalashtirish hamda budjet mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanishni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar olindi.Jumladan, suhbat davomida O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi talablari ijrosi yuzasidan quyidagi masalalarga aniqlik kiritildi.Tuman mahalliy budjetining daromadlar prognozi qanday shakllantirilmoqda va uning ijrosini ta’minlash bo‘yicha qanday choralar ko‘rilmoqda,mahalliy budjet daromadlarining asosiy manbalari qaysilar va ularning belgilangan prognoz ko‘rsatkichlari amalda qay darajada bajarilmoqda,budjet tashkilotlarining xarajatlar smetasi va shtat jadvallari qonunchilik talablariga muvofiq shakllantirilishi qanday ta’minlanmoqda,budjet jarayonining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, aholi hamda deputatlik korpusini tegishli ma’lumotlar bilan ta’minlash holati qanday,budjet mablag‘lari
hisobidan amalga oshirilayotgan davlat xaridlarida mablag‘lardan samarali foydalanish qanday,Ochiq budjet va tashabbusli budjet doirasida ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi qanday nazorat qilinmoqda.Shuningdek, tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limining hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash, mahalliy budjetning barqarorligini oshirish, borasidagi faoliyati ham muhokama qilindi.O‘rganish yakunida olingan ma’lumotlar asosida 2025-yil hamda 2026-yilning birinchi mavsumida Ochiq budjet va Tashabbusli budjet doirasida ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi holatini yanada chuqur o‘rganish va muhokama qilish maqsadida navbatdagi doimiy komissiya yig‘ilishida tegishli mutasaddilarning hisobotlarini eshitish belgilandi.
  

Slide 1 of 3