#sessiya
Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashining VII chaqiriq navbatdagi XXXIII sessiyasi bo‘lib o‘tdi
2026- yil 21- iyul kuni Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashining VII chaqiriq navbatdagi XXXIII sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar hamda tegishli davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.
Sessiyada 2026-yilning birinchi yarim yilligida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalaridan foydalanish, yoshlar bilan ishlash samaradorligi hamda "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamg‘armasi mablag‘larini ajratish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 360-V-son qarori hamda O‘RQ-1153-son Qonuni ijrosini ta’minlashga doir masalalar muhokama qilindi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan deputatlar tomonidan tegishli qarorlar qabul qilindi.