35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputat xotin-qizlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Deputat bozordagi narx-navo holatini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi deputati M. Karimova tashabbusi bilan o‘z saylov okrugida Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
Bobоdo‘g‘i mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi.
янв.21
Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
янв.21
Obodonlashtirish va huquqiy targ‘ibot ishlari davom etmoqda
янв.21
Fuqarolar muammolari joyida o‘rganildi
Kengash_faoliyati
#kunlik_ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#24_ta_masala

🏛️"Mahallabay" ish tizimi amalda: "Quduqsoy" mahallasida "mahalla yettiligi" faoliyati tahlil qilindi

🗣Bandixon tumanida mahalla boshqaruv tizimini takomillashtirish, hududlarda aholi muammolarini "xonadonbay" hal etish va deputatlarning saylovchilar bilan aloqalarini mustahkamlash choralari izchil davom ettirilmoqda.

⏺Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 19-“Quduqsoy” saylov okrugi deputati G.Xolmatova o‘z okrugiga qarashli “Quduqsoy” mahallasida kotibiyat bosh mutaxassisi B.Qurbonov birgalikda bo‘lib, mahalla xodimlari va faollarining bugungi kundagi kunlik ish faoliyati, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi haqida mahalla raisi bilan atroflicha suhbatlashdi.

💬Mazkur nazorat-tahlil jarayoni quyidagi muhim hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi:

🟢O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PF–116-sonli “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni;

🟢Oliy Majlis Senati Kengashining 2026-yil 22-iyundagi KQ–360-V-sonli qarori;

🟢Mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari.

💬Muloqot davomida deputat G.Xolmatova tomonidan "mahalla yettiligi"ning eng muhim a'zolari faoliyati yaqindan tahlil qilindi:

🟢Profilaktika inspektori faoliyati: “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘RQ–371-sonli Qonun, shuningdek yoshlar yetakchisiga “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘RQ–406-sonli Qonun talablaridan kelib chiqib faoliyatni yanada samarali tashkil etish, huquqiy targ‘ibot ishlarini kuchaytirish hamda yoshlar bilan manzilli ishlash yuzasidan tavsiyalar bildirildi.

🟢Hokim yordamchisi faoliyati: Mahallada iqtisodiy o‘sish nuqtalarini aniqlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, kambag'allikni qisqartirish, aholiga imtiyozli kredit va subsidiyalar ajratish hamda yangi ish o'rinlarini yaratish samaradorligi o‘rganildi;

🟢Yoshlar yetakchisi faoliyati: Yoshlar bilan ishlash tizimi, "Yoshlar daftari"ga kiritilgan ehtiyojmand yoshlarga manzilli yordam ko‘rsatish, ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda bandligini ta’minlash borasidagi ishlar holati ko‘rib chiqildi.


💬 "Prezidentimizning PF-116-sonli Farmoni mahalla tizimida ochiqlik, shaffoflik va tezkorlikni ta'minlashda muhim qadam bo'ldi. Hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisining kundalik mehnati hisobot uchun emas, balki har bir xonadonda, har bir yoshning hayotida real ijobiy o'zgarishlar yaratishga qaratilishi shart," — deya ta'kidladi deputat G.Xolmatova.
Slide 1 of 1