Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Fotima Seydabdullayeva tomonidan tuman Mudofaa ishlari bo‘limida biriktirilgan tashkilot faoliyatini o‘rganish yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.
🛡 O‘rganish davomida bo‘lim tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, yuklatilgan vazifalar ijrosi, harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishida olib borilayotgan tadbirlar, istiqboldagi ustuvor rejalar hamda mavjud muammolar atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, aniqlangan masalalarni bartaraf etish, tashkilot faoliyati samaradorligini yanada oshirish va o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.