Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati R. Ismoilova tuman Xalq kutubxonasida bo‘lib, deputatlik nazorati doirasida O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 13-apreldagi O‘RQ-280-sonli “Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi holatini o‘rgandi.
O‘rganish jarayonida kutubxonada aholiga zamonaviy axborot-kutubxona xizmatlarini ko‘rsatish sifati, kitob fondidan samarali foydalanish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yoshlarning ma’naviy-intellektual salohiyatini oshirish hamda qonun talablarining amaliy ijrosi atroflicha tahlil qilindi.
Shuningdek, kutubxona faoliyatini yanada takomillashtirish, aholining, ayniqsa, yoshlarning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, axborot-resurslardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda qonun hujjatlarida belgilangan vazifalarning to‘liq va sifatli bajarilishini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur deputatlik nazorati tadbiri davlat siyosatida belgilangan ma’naviy-ma’rifiy islohotlar ijrosini ta’minlash, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda qonunlar ijrosi ustidan parlament nazoratini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.