35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Obodonlashtirish va huquqiy targ‘ibot ishlari davom etmoqda
янв.21
Fuqarolar muammolari joyida o‘rganildi
янв.21
Deputat fuqarolar bilan uchrashdi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganildi
янв.21
Obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Yoshlar muammolari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi deputati L. Niyozova hamda "Nuroniy" jamg‘armasi tuman bo‘limi boshlig‘i T. Qodirov Demas mahallasida istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj, "Ijtimoiy reyestr"ga kiritilgan oilalar farzandlari holidan xabar olib, ularga o‘quv qurollari hamda kiyim-kechaklarni topshirdi.
янв.21
Mehr va saxovat oyligi doirasida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
янв.21
Fuqarolarga bepul yuridik maslahatlar berilmoqda
Qonun ustuvorligi — mahalla taraqqiyotining muhim omili

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi raisi Y. Mo‘minova "O‘zbekiston" mahallasida mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 22-aprelda qabul qilingan “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-350-son Qonunining mazmun-mohiyati, uning amaliy ahamiyati hamda qonun ijrosini samarali ta’minlash masalalari yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, mahalla fuqarolarining o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish, aholi bilan ochiq muloqotni mustahkamlash va qonun talablarini amaliyotga samarali tatbiq etish yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berilib, bildirilgan taklif va mulohazalar tinglandi.

Slide 1 of 4