35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Kulolon mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yashnaobod mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D. Qanoatov hamda O‘zbekiston "Adolat" SDP tuman Kengashi raisi M. Eshmurodova hamkorlikda Qalayi Azizon mahallasi yoshlar yetakchisining faoliyatini o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining 4-Oqsoch saylov okrugidan saylangan deputat R. Valiyeva Yangi Hayot mahallasida bo‘lib, aholi bandligi holatini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh. Usmonova o‘z saylov okrugida istiqomat qiluvchi fuqarolar xonadonlariga tashrif buyurib, ularning taklif va muammolarini tingladi. Tashrif davomida oilalarning yashash sharoiti, tomorqalardan samarali foydalanish holati, tozalik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda tomorqa madaniyatini yanada rivojlantirish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Karimova o‘z saylov okrugida bo‘lib, aholi xonadonlariga tashrif buyurdi. Tashrif davomida oilalarning daromad manbalari, yashash sharoiti, tomorqalardan samarali foydalanish holati hamda mahalladagi obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashining 12-Xusbuddin saylov okrugidan saylangan deputati L. Niyozova 17-son oilaviy poliklinikaga tashrif buyurib, muassasada aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar sifati, bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda bepul beriladigan dori-darmonlar ta’minoti holatini o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi deputati M. Karimovaga fuqarolar tomonidan ichimlik suvi ta’minoti yuzasidan kelib tushgan murojaatlar o‘rganildi.
янв.21
Obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
“Yashil iqtisodiyot” samaradorligi o‘rganildi
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati J. Masharipov, kotibiyat bosh mutaxassisi S. Matyaqubova hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Qo‘shko‘pir tuman bo‘limi rahbari M. Rahimovalar Zarbdor mahallasidagi fermer xo‘jaliklarida o‘rnatilgan quyosh panellarining ishlash samaradorligi va ulardan foydalanish holatini o‘rgandilar.
O‘rganish davomida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanish, elektr energiyasini tejash hamda fermer xo‘jaliklarida “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini keng joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, quyosh panellarining texnik holati, ishlab chiqarish quvvati va amaliy samaradorligi yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.
Mazkur o‘rganish ishlari Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan ekologik barqarorlikni ta’minlash, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish ko‘lamini kengaytirish hamda hududlarda energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan davlat siyosatining izchil ijrosini ta’minlashga xizmat qiladi. 
Slide 1 of 1