Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

#Deputatlik_nazorati #19_1_Modda_ijrosi #Namunaviy_komissiya_qarorlari



🏛Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zolari, tuman Kengashi deputatlari hamda Kengash kotibiyati mas’ul xodimlari ishtirok etdilar.

📋O‘rganish davomida Yunusobod tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi mas’ullari tomonidan yong‘in-qutqaruv bo‘linmalarining 24/7 tartibida uzluksiz xizmat olib borayotgani, zamonaviy yong‘in o‘chirish texnikalari va maxsus jihozlar doimiy shay holatda saqlanayotgani hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilayotgani haqida deputatlarga batafsil ma’lumot berildi.

📊Shuningdek, 2026-yilning ikkinchi choragi davomida tumandagi mahallalarda profilaktik o‘rganishlar o‘tkazilgani, suv toshqini va boshqa favqulodda vaziyatlar xavfini kamaytirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilayotgani, ijtimoiy soha va boshqa muhim obyektlarda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati olib borilayotgani qayd etildi.

✍️O‘rganish yakunida deputatlar tomonidan yong‘in-qutqaruv xizmatining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha profilaktik ishlar samaradorligini oshirish hamda bildirilgan taklif va tavsiyalarni belgilangan tartibda doimiy komissiya majlisi hamda Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi sessiyasi kun tartibiga kiritish yuzasidan kelishib olindi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 4