Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Furqat mahallasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Tibbiyot birlashmasining markaziy diagnostika va mikrobsizlantirish bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Malikobod mahallasida aholi bandligi o‘rganildi
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashdi.
янв.21
Gumbaz mahallasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining 10-Arabxona saylov okrugidan saylangan deputati M. Muqimova o‘z saylov okrugidagi maktab kutubxonalarida bo‘ldi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati T. Lutfullayev Toshrabot hududida joylashgan bozorda bo‘ldi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati L. Niyozova o‘z saylov okrugidagi fuqarolar bilan uchrashdi
Deputat va saylovchilar uchrashuvi

 🔰 “15-Hamza ” saylov okrugidan saylangan xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi deputati Komiljon Imomnazarov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq, o‘zi saylangan saylov okrugida saylovchilarga joriy yil ikkinchi choragida amalga oshirgan
faoliyati, o‘z saylovoldi dasturining bajarilishi yuzasidan axborot berdi. Uchrashuvda xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri Laziz Turanov va “Adolat” SDP tuman kengashi raisi Nuriddin Soliyev ishtirok etdilar.
 

Uchrashuvda deputat joriy yilning ikkinchi choragidagi deputatlik faoliyati bo‘yicha axborot berdi. Jumladan: Kengash sessiyalarida ko‘rib chiqilgan muhim ahamiyatli masalalar, qabul qilingan qarorlar, deputatlik so‘rovlari va ularning natijalari, saylovchilarning murojaatlari bilan ishlash holati, saylov okrugidagi yuzaga kelgan muammolarni bartaraf qilish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, obodonlashtirish ishlari va fuqarolar manfaatlarini ro‘yobga chiqarayotgan tashabbuslar xususida fikrlar bildirildi. 

Deputatlarning qonunchilikda belgilangan huquq va majburiyatlari, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash va tegishli davlat
organlariga deputatlik so‘rovi yuborish tartibi haqida saylovchilarga atroflicha tushuntirildi.
Saylovchilar bildirgan murojaat va takliflar bo‘yicha mas’ul tashkilotlar hamkorligini yanada takomillashtirish kelishib olindi. 

  👇Bizni kuzatishda davom eting👇 

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 1