Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

YUNUSOBOD TUMANI AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI FAOLIYATI BILAN YAQINDAN TANISHILDI 👇👇👇👇


Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi Kotibiyati tomonidan Yunusobod tumani axborot-kutubxona markazi faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

📚 O‘zbekiston Respublikasining "Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosi yuzasidan tumandagi Axborot Kutubxona markazida kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar, mavjud adabiyotlar fondi, yoshlar va aholining kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

✅Tumanda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, kutubxona fondini boyitish va yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy salohiyatini oshirish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 4