Jańalıqlar

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari Uzun tumanidagi bitiruvchilarga diplomlarni tantanali ravishda topshirdilar.

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari Uzun tumanidagi bitiruvchilarga diplomlarni tantanali ravishda topshirdilar.

Uzun tuman 2-son texnikumida 311 nafar bitiruvchi yigit-qizga diplom topshirish marosimi yuqori kayfiyatda, bayramona ruhda bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputatlari, texnikumning fidoyi ustozlari, bitiruvchilarning ota-onalari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlangan tantanali marosimda deputatlar va ustozlar so‘zga chiqib, yoshlarni muvaffaqiyatli bitiruv bilan samimiy qutladilar.

Bitiruvchilarga diplomlar tantanali ravishda topshirilib, ularning kelgusi ta’lim va mehnat faoliyatida ulkan zafarlar yor bo‘lishi tilandi.