Jańalıqlar

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 8-Lutfiy saylov okrugi deputati Hidiyatulina Rima Rashitovna o‘z saylov okrugida navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan hududni obodonlashtirish, kommunal xizmatlar sifati, yo‘l va piyodalar infratuzilmasini yaxshilash, ijtimoiy soha hamda aholini qiynayotgan dolzarb masalalar yuzasidan murojaat va takliflar tinglandi.

Deputat tomonidan har bir murojaat yuzasidan batafsil fikr almashilib, ularni qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi hamda mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari va nazorat mexanizmlari orqali ko‘rib chiqish choralari belgilandi.

Shuningdek, uchrashuvda hududni yanada obod qilish, aholi farovonligini oshirish hamda mahalladagi mavjud muammolarni tizimli bartaraf etish yuzasidan ham fikr-mulohazalar bildirildi.

Bunday ochiq muloqotlar fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish, ularning muammolariga yechim topish va deputatlik faoliyatining samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 3