Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati J. Do‘stov ayni kunlarda xizmat safari bilan Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib turibdi.
Xizmat safari davomida iqtisodiyot, investitsiyalarni jalb etish, zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari hamda o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan qator uchrashuv va muzokaralarda ishtirok etishi rejalashtirilgan. Olingan ilg‘or tajribalarni hududda amaliyotga joriy etish va istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi axborot xizmati