Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari e'tiborda
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 2026-yil 9-iyundagi VII-22-45-5-72-K/26-sonli qarori bilan tasdiqlangan tumandagi yoshlarning yozgi ta’til davrini mazmunli, samarali va xavfsiz tashkil etish, ularning bo‘sh vaqtlarini foydali mashg‘ulotlarga jalb qilish hamda iqtidor va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” chora-tadbirlar dasturi ijrosi yuzasidan monitoring olib borilmoqda.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari ijobiy hal etilmoqda
янв.21
Fuqarolar murojaatlari tinglandi va ijobiy yechim topdi
янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy natija bermoqda
янв.21
Sport infratuzilmasi o‘rganildi.
янв.21
Muammolar joyiga chiqib o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat so‘rovlari orqali muammolarga yechim izlanmoqda
янв.21
Saylovchilar muammolari o‘rganildi va qonunlar targ‘ib qilindi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi o‘rganildi
"Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi deputatlik nazoratida

🔹 Xalq deputatlari Rishton tumani Kengashining" Mahalliy byudjet va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha doimiy komissiyasiga biriktirilgan O‘zbekiston Respublikasining "Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida"gi Qonunini xalqdeputatlari tuman kengashi deputati B. Ermatov hamda Kengash kotibiyati mudiri A. Sobirov tomonidan "Yuqori Avazboy" MFY raisi va hokim yordamchisi ishtirokida o‘rganildi.
🔹 O‘rganishda Qonun ijrosi hamda uning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazildi.
🔹O‘rganish davomida mazkur Qonun asosida qabul qilingan Prezident farmonlari, Prezident qarorlari hamda Hukumat qarorlarining hududdagi ijrosi atroflicha tahlil qilinib, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholining daromadlarini oshirish va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.
🔹Shuningdek, mahalla hududida oilaviy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fuqarolarga yaratilgan imkoniyatlar, imtiyozli kreditlar, subsidiyalar va davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlaridan foydalanish holati yuzasidan fikr almashildi. Mas’ul xodimlarga qonunchilik hujjatlari talablarining to‘liq va samarali ijrosini ta’minlash, aholining tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish hamda bu boradagi targ‘ibot ishlarini kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
🔹Tadbir davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning murojaat va takliflari tinglandi. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishda uchrayotgan ayrim muammolar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy takliflar ishlab chiqildi.
🔹Xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan qonunlar ijrosi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish, qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning joylardagi ijrosini muntazam o‘rganish hamda aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan bunday o‘rganish va targ‘ibot tadbirlari izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 1