Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari e'tiborda
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 2026-yil 9-iyundagi VII-22-45-5-72-K/26-sonli qarori bilan tasdiqlangan tumandagi yoshlarning yozgi ta’til davrini mazmunli, samarali va xavfsiz tashkil etish, ularning bo‘sh vaqtlarini foydali mashg‘ulotlarga jalb qilish hamda iqtidor va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” chora-tadbirlar dasturi ijrosi yuzasidan monitoring olib borilmoqda.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari ijobiy hal etilmoqda
янв.21
Fuqarolar murojaatlari tinglandi va ijobiy yechim topdi
янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy natija bermoqda
янв.21
Sport infratuzilmasi o‘rganildi.
янв.21
Muammolar joyiga chiqib o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat so‘rovlari orqali muammolarga yechim izlanmoqda
янв.21
Saylovchilar muammolari o‘rganildi va qonunlar targ‘ib qilindi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi o‘rganildi
Hashar va insonparvarlik – ezgulikning amaliy ifodasi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi raisi R.Tashpulatov Birlashgan mahallasida istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan oilaning uy-joyini ta’mirlash ishlarida faol ishtirok etdi.
Amalga oshirilayotgan xayriya va obodonlashtirish ishlari doirasida fuqaroning yashash sharoitini yaxshilash, uy-joyini ta’mirlash hamda munosib turmush kechirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratildi. Ta’mirlash jarayonlarida R.Tashpulatov shaxsan ishtirok etib, hashar ishlariga o‘z hissasini qo‘shdi.
Bunday ezgu tashabbuslar aholi ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish, ehtiyojmand oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda mahallalarda mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Eng muhimi, inson qadrini ulug‘lash va aholining hayotdan roziligini ta’minlash yo‘lida amalga oshirilayotgan bunday xayrli ishlar jamiyatimizda o‘zaro hurmat, hamjihatlik va saxovat qadriyatlarini yana-da yuksaltirmoqda.

Slide 1 of 3