📌 “Uzunsoy” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
🤝 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 1-Yangiturmush saylov okrugi deputati S. Eshonqulov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov ishtirokida “Uzunsoy” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
📝 Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi.
📖 Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolarini hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni yashash joyi va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida”gi O‘RQ–1074-son Qonunining mazmun-mohiyati yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.
🇺🇿 Fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish yo‘lidagi bunday uchrashuvlar izchil davom ettiriladi.