Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Investitsiya loyihalari joyiga chiqqan holda o‘rganilmoqda

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan investitsiya va eksport ko‘rsatkichlariga oid masala yuzasidan deputatlar o‘z saylov okruglaridagi investitsiya loyihalarini o‘rganmoqda.
Jumladan, Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 12-Sharq yulduzi saylov okrugidan saylangan deputat Maxfuza Isroilova tomonidan Sharq yulduzi MFY hududida faoliyat yuritayotgan “Milliy-Oq-Oltin-Agro” MCHJ faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida korxonada amalga oshirilayotgan paxta-to‘qimachilik klasteri loyihasi, ishlab chiqarish jarayonlari hamda investitsiya va eksport ko‘rsatkichlari bilan tanishildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, korxona tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida paxta-to‘qimachilik klasteri loyihasi doirasida 13,2 million AQSH dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilgan. Shuningdek, 1,7 million AQSH dollarlik ip-kalava mahsulotlari eksport qilingan.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha tegishli taklif va xulosalar sessiya muhokamalarida foydalanish uchun tayyorlanmoqda.

Slide 1 of 8