Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari e'tiborda
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 2026-yil 9-iyundagi VII-22-45-5-72-K/26-sonli qarori bilan tasdiqlangan tumandagi yoshlarning yozgi ta’til davrini mazmunli, samarali va xavfsiz tashkil etish, ularning bo‘sh vaqtlarini foydali mashg‘ulotlarga jalb qilish hamda iqtidor va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” chora-tadbirlar dasturi ijrosi yuzasidan monitoring olib borilmoqda.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari ijobiy hal etilmoqda
янв.21
Fuqarolar murojaatlari tinglandi va ijobiy yechim topdi
янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy natija bermoqda
янв.21
Sport infratuzilmasi o‘rganildi.
янв.21
Muammolar joyiga chiqib o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat so‘rovlari orqali muammolarga yechim izlanmoqda
янв.21
Saylovchilar muammolari o‘rganildi va qonunlar targ‘ib qilindi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi o‘rganildi
Hududlarni rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalar o‘rganildi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining "5-Cheksaroy" saylov okrugi deputati S.Egamnazarova, Kengash kotibiyati mudiri G‘.Abdullayyev hamda Xalq demokratik partiyasi tuman Kengashi raisi D.Xamraqulovlar tomonidan "Cheksaroy" mahalla fuqarolar yig‘inida Bag‘dod tumanini 2026-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlariga kiritilgan loyihalarining amalga oshirilish jarayoni joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida hududda amalga oshirilayotgan hamda yangi ish o‘rinlari yaratish va aholiga sifatli xizmatlar ko‘rsatishga xizmat qiladigan loyihalar ko‘zdan kechirildi.
Jumladan:
🔹 Muxammadaliyev Elyorbek Erali o‘g‘li tomonidan savdo do‘koni tashkil etish;
🔹 Abdulazizov Soyibbek Abdulazizovich tomonidan savdo do‘koni tashkil etish kabi loyihalar bilan tanishildi.

O‘rganish jarayonida loyihalarning amalga oshirilish holati, belgilangan muddatlarda yakunlanishi hamda ularning aholi bandligini ta’minlash va xizmatlar ko‘lamini kengaytirishdagi ahamiyati yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

✅ Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi tomonidan hududlarni kompleks rivojlantirish, loyihalarining o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi ustidan deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 5