HOKIM YORDAMCHI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Joriy yilning 26-iyun kuni xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati M.Ismatov xizmat safarida bo‘lganligi sababli Kengash kotibiyatining bosh mutaxassisi D. Toyirov Navoiy shahridagi "O‘zbekiston" mahallasida bo‘lib, mahallada hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar.
Tashrif davomida mahalla hududida aholi bandligini ta'minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash borasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.
Shuningdek, mahallada mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilinib, tegishli tavsiya va takliflar berildi.
O‘rganish yakunida aholi farovonligini oshirish hamda mahallani yanada rivojlantirishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish yuzasidan mas'ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.